Ko'rsatma
— Disbakterioz (ichak qo'zgolish sindromi) ichak mikroflorasi muvozanatidagi buzilishlar profilaktikasi.
— Bolalarda antibiotik va ximiyaterapiyadan keyin kelib chiqqan disbakteriozni profilaktikasi va davolashda;
— Diareya,metiorizm, ich qotish;
— Kolit, gastroenterokolit;
PREPARATNI QO'LLASH BO'YICHA YO'RIQNOMA
DILAK
Chiqarish shakli: 1.. 1.5 g dan sashe paketlar.
Tarkibi: 10*109 CFU/g tirik bakteriyalar kompleksi
Bifidobacterium acidophilus
Bifidobacterium biridum
Bifidobacterium longum
Laktobacillus plantarum
Laktobacillus termophilus va
Calsium - 100mg
Magnezium - 40mg
Zink - 5mg
Farmokologok tasir:
DILAK – probiotik mikroorganizmlar manbai sifatida tavsiya etiladi. Lakto- va bifidobakteriyalar ichaklarda uksus va sut kislotasi ishlab chiqaradi,bu esa patogen mikroorganizmlar ko'payishi va yashashiga noqulay sharoit yaratadi, metabolik jarayonlarni yaxshilaydi, ovqat hazm qilishni yaxshilaydi, ba'zi vitaminlar sintezini va ularning yaxshi so'rilishini rag'batlantiradi va tananing o'ziga xos bo'lmagan qarshiligini oshiradi.
Preparat yangi tug'ilgan chaqaloqlarda ham yaxshi o'zlashtiriladi.
►Kalsiy organizmda kalsiy va fosfor almashinuvini yaxshilaydi, kalsiy yetishmovchiligini to'ldirib,suyak to'qimasining rezorbsiyasini(so'rilib ketishini) pasaytiradi va zichligini oshiradi,suyaklarni mustaxkamlaydi.
►Magniy a'zolar va to'qimalarning muhim elementi xisoblanadi:neyronlarning qo'zgo'luvchanligini va qo'zgo'lishni nerv -mushak bo'ylab o'tkazilishini pasaytiradi,ko'pchilik fermentativ jarayonlarda ishtirok etadi.
►Sink hujayra bo'linishi va o'sishi, metabolizm, oqsil sintezi va to'qimalarning yangilanishi kabi hayotiy jarayonlarda ishtirok etadigan muhim mikroelement hisoblanadi. Mikroelement yog'lar, oqsillar, uglevodlar sintezi va parchalanish jarayonlarida, gormonlar ishlab chiqarishda (masalan, insulin- qonda shakar darajasini tartibga soluvchi gormon) ishtirok etadi. Probiotiklar bilan birlashtirilgan sink mahsuloti:
— patogen va shartli patogen mikroorganizmlarning keng doirasiga qarshi antagonistik ta'sirga ega bo'lib, ular ichak mikroflorasini tez normallashtirishga yordam beradi;
— tananing mudofaasini, immunitetini faollashtiradi va shu bilan oshqozon-ichak trakti faoliyatini, metabolik jarayonlarni, ichaklarda parietal hazm qilishni yaxshilaydi.
— yangi tug'ilgan chaqaloqlarda va 5 yoshgacha bo'lgan bolalarda o'tkir va surunkali diareyani davolash uchun ishlatiladi.
Ko'rsatma:
— Disbakterioz (ichak qo'zgolish sindromi) ichak mikroflorasi muvozanatidagi buzilishlar profilaktikasi.
— Bolalarda antibiotik va ximiyaterapiyadan keyin kelib chiqqan disbakteriozni profilaktikasi va davolashda;
— Diareya,metiorizm, ich qotish;
— Kolit, gastroenterokolit;
Qo'llash usuli va dozasi:
0 yoshdan bolalar va kattalar uchun ovqatdan keyin kuniga 1-2 paket ichish tavsiya etiladi. Ishlatishdan oldin 1 sashe 5-30 ml qaynatilgan, sovutilgan suyuqlikda aralashtiriladi va bir vaqtning o'zida ichiladi.
Qabul qilish muddati 15-30 kundan 6 xaftagacha. Qo'llash shartlari tananing holatiga qarab shifokor tavsiyasiga binoan farq qilishi mumkin.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar:
Preparatning tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik.
Nojo'ya ta'sirlar:
Preparat yaxshi o'zlashtiriladi, Dilak tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanligi bo'lgan odamlarda allergik reaktsiyalar paydo bo'lishi mumkin.
Bunday holda siz darxol preparatni qabul qilishni to'xtatib, shifokor bilan maslahatlashingiz kerak.
Ehtiyot choralari:
Biologik oziq-ovqat qo'shimchasi to'liq ovqatlanish o'rnini bosuvchi sifatida ishlatilmasligi kerak.
Tavsiya etilgan sutkalik dozadan oshmang.
Foydalanishdan oldin shifokor bilan maslahatlashish kerak!
Saqlash shartlari:
Dilak +5°S dan +25°S gacha bo'lgan haroratda va havoning nisbiy namligi 75% dan oshmasligi kerak.
Bolalar qo'li etmaydigan joyda saqlang
Yaroqlilik muddati:
chiqarilgan kundan boshlab 2 yil.
Eksklyuziv distribyutor:
“AMA-DIA PHARM” MChJ. O‘zbekiston Respublikasi
Toshkent shahar, Yashnaobod tuman, Guzal MFY, Sokin Ko‘cha 9
Elektron pochta: Info@ama-dia.uz www.ama-dia.uz
Саше: Дилак