Foydalanish uchun ko'rsatmalar:
Sink etishmovchiligini, shu jumladan diareya, ORVI kasalliklarini oldini olishda profilaktika maqsadida qo'llaniladi.
— Sink immunitetni oshiruvchi eng kerakli tarkibiy qism. Sink interferon (viruslarga karshi kurashuvchi organizmda bor modda) va antitela (mikrobga qarshi kurashuvchi modda) ishlab chiqarish uchun kerak. Sink – bu tabiiy immunomodulyator (immun tizimni kuchaytiruvchi)dir. Sink mahalliy immunitetga javob beruvchi makrofaglarni faoliyatini oshiradi. Sink immun tizimni barcha zvenolariga kerak bo'ladi. Shuning uchun OITS kasalligida ham ishlatiladi.
— Diareya – Butunjahon sog'liqni saqlash tashkiloti tavsiyasiga ko'ra diareyada 14 kun davomida 10 mg dan sink preparatlarini berilganda diareya tez tuzaladi va qaytalanmaydi. Ta'siri: bevosita mikroblarni o'ldiradi, ichak devoridagi mikrovorsinkalar (surgichlar) tiklanishini tezlatadi.
— Jigar kasalliklarida (gepatit va sirrozda) – sink jigardagi fermentlar tarkibiga kiradi. Ularni me'yorda ishlashi uchun sink moddasi kerak. Bu jigarninng detoksikatsiya (zahardan tozalash) faoliyatini yaxshilaydi. Bundan tashqari, immunitetni oshirishi hisobiga virusga qarshi kurashishiga yordam beradi.
Sink ishtahani oshiradi va oshqozon ichak faoliyatini yaxshilaydi. Sink tildagi ta'm bilish va burundagi hid bilish retseptorlarini (sezuvchi nerv oxirlari) faoliyatini kuchaytiradi.
— Prostata bezi kasalliklari – prostatit — prostata bezining yallig'lanishi, prostata adenomasi — prostata bezining xavfsiz o'smasi (kattalashishi). Sink organizmda 5 alfa reduktaza fermentini aktivligini pasaytiradi. Bu ferment erkaklik gormonini (testosteronni) xavfli shaklga (degidrotestosteron) aylantiradi. Degidrotestosteron prostata bezida adenomani rivojlantiradi. Demak sink adenomani patogeneziga (kasallik rivojlanish mexanizmi) ta'sir qiladi va adenomani oldini olishda va davolashda ishlatiladi. Sink mahalliy immunitetga javob beruvchi makrofaglarni faoliyatini oshiradi va prostatitning oldini olishga va davolashga yordam beradi.
— Bepushtlik – sink jinsiy gormonlarning va erkaklik urug'ini (spermatozoid) xomashyosi hisoblanadi. Sink yetishmasa jinsiy balog'atga yetish ortda qoladi, erkak jinsiy quvvati pasayadi (impotensiya), bepushtlikka olib keladi.
— Qandli diabet – sink oshqozon osti bezi langergans hujayralarida insulinni sintezi (ishlab chiqarilishi), to'planishi va ajralib chiqishida muhim ahamiyatga ega. Qandli diabet kasalligida sink moddasi siydik bilan normadagiga nisbatan 2—3 barobar ko'p chiqadi. Shuning uchun bemor doimiy sink preparatini qabul qilishi kerak. Ko'z gavharida kataraktani oldini oladi.
— Jinsiy rivojlanishdagi patologiyalar (PMS, kriptorxizm, gipogonadizm, moyak gipotrofiyasi) – erkak va ayollik gormonlarini faoliyatini me'yorlashtiradi.
— Akusherlik va ginekologiya – Sink ayol organizmidagi jinsiy gormonlarni me'yorlashtiradi va oy ko'rishni, tuxum hujayra (follikula) yetishishini normallashtiradi.
PREPARATNI QO'LLASH BO'YICHA YO'RIQNOMA
SAKURA SINK
Tarkibi: Bir kapsula o'z ichiga oladi:
Sink laktat - 25 mg
Yordamchi moddalar: Maltodekstrin,magniy stearat,kartoshka kraxmali
Farmokologik ta'siri;
Sink muhim mikroelement bo'lib, immunitet tizimini mustahkamlaydi, hujayradagi viruslarning ko'payishini ingibitsiya qiladi.
Mikroelementning surunkali etishmovchiligi immunitetni pasaytiradi, bolalarda o'sishning kechikishiga olib keladi, erkaklarda potentsianing yomonlashishiga va ayollarda reproduktiv funktsiyaning pasayishiga olib keladi va erta menopauzani chaqirishi mumkin.
Rux etishmovchilig ta'sirida - tez-tez shamollash, ta'm va hid bilishning buzilishi,teri xiralashishi va soch to'kilishi, tirnoqlarda mo'rtlik va oq dog'lar, akne, dermatit, ekzema, terining yomon tiklanishi, ko'rish keskinligining yo'qolishi kelib chiqadi.
Sink qolaversa,yuqumli kasalliklar (bakterial va virusli etiologiya) va saratonga qarshi kurashish uchun immunitet tizimini mustaxkamlaydi. Kerakli kofaktor vazifasini bajaradi.Suyaklar, tirnoqlar va sochlarning normal rivojlanishini, retinaning barqarorligini va ko'z linzalarining shaffofligini ta'minlaydi; Sink gipofiz, qalqonsimon va oshqozon osti bezi, buyrak usti bezlari, tuxumdonlar va moyaklardagi metabolik jarayonlarda ishtirok etadi.Sink insulin sekretsiyasi, sintezi va utilizatsiyasi uchun zarur, shuningdek, jinsiy a'zolarning normal rivojlanishi va faoliyatini ta'minlaydi; uglevodlar, yog'lar va oqsillarning sintezi va parchalanishida ishtirok etadi; Onaning tanasida rux darajasi bolaning tanglay va lablari, miyasi, ko'zlari, yuragi, suyaklari, o'pkalari va genitouriya tizimining to'g'ri shakllanishiga bevosita bog'liq, shuningdek, homiladorlikning to'liq muddatini saqlab turishga ta'sir qiladi.
Foydalanish uchun ko'rsatmalar:
Sink etishmovchiligini, shu jumladan diareya, ORVI kasalliklarini oldini olishda profilaktika maqsadida qo'llaniladi.
— Sink immunitetni oshiruvchi eng kerakli tarkibiy qism. Sink interferon (viruslarga karshi kurashuvchi organizmda bor modda) va antitela (mikrobga qarshi kurashuvchi modda) ishlab chiqarish uchun kerak. Sink – bu tabiiy immunomodulyator (immun tizimni kuchaytiruvchi)dir. Sink mahalliy immunitetga javob beruvchi makrofaglarni faoliyatini oshiradi. Sink immun tizimni barcha zvenolariga kerak bo'ladi. Shuning uchun OITS kasalligida ham ishlatiladi.
— Diareya – Butunjahon sog'liqni saqlash tashkiloti tavsiyasiga ko'ra diareyada 14 kun davomida 10 mg dan sink preparatlarini berilganda diareya tez tuzaladi va qaytalanmaydi. Ta'siri: bevosita mikroblarni o'ldiradi, ichak devoridagi mikrovorsinkalar (surgichlar) tiklanishini tezlatadi.
— Jigar kasalliklarida (gepatit va sirrozda) – sink jigardagi fermentlar tarkibiga kiradi. Ularni me'yorda ishlashi uchun sink moddasi kerak. Bu jigarninng detoksikatsiya (zahardan tozalash) faoliyatini yaxshilaydi. Bundan tashqari, immunitetni oshirishi hisobiga virusga qarshi kurashishiga yordam beradi.
Sink ishtahani oshiradi va oshqozon ichak faoliyatini yaxshilaydi. Sink tildagi ta'm bilish va burundagi hid bilish retseptorlarini (sezuvchi nerv oxirlari) faoliyatini kuchaytiradi.
— Prostata bezi kasalliklari – prostatit — prostata bezining yallig'lanishi, prostata adenomasi — prostata bezining xavfsiz o'smasi (kattalashishi). Sink organizmda 5 alfa reduktaza fermentini aktivligini pasaytiradi. Bu ferment erkaklik gormonini (testosteronni) xavfli shaklga (degidrotestosteron) aylantiradi. Degidrotestosteron prostata bezida adenomani rivojlantiradi. Demak sink adenomani patogeneziga (kasallik rivojlanish mexanizmi) ta'sir qiladi va adenomani oldini olishda va davolashda ishlatiladi. Sink mahalliy immunitetga javob beruvchi makrofaglarni faoliyatini oshiradi va prostatitning oldini olishga va davolashga yordam beradi.
— Bepushtlik – sink jinsiy gormonlarning va erkaklik urug'ini (spermatozoid) xomashyosi hisoblanadi. Sink yetishmasa jinsiy balog'atga yetish ortda qoladi, erkak jinsiy quvvati pasayadi (impotensiya), bepushtlikka olib keladi.
— Qandli diabet – sink oshqozon osti bezi langergans hujayralarida insulinni sintezi (ishlab chiqarilishi), to'planishi va ajralib chiqishida muhim ahamiyatga ega. Qandli diabet kasalligida sink moddasi siydik bilan normadagiga nisbatan 2—3 barobar ko'p chiqadi. Shuning uchun bemor doimiy sink preparatini qabul qilishi kerak. Ko'z gavharida kataraktani oldini oladi.
— Jinsiy rivojlanishdagi patologiyalar (PMS, kriptorxizm, gipogonadizm, moyak gipotrofiyasi) – erkak va ayollik gormonlarini faoliyatini me'yorlashtiradi.
— Akusherlik va ginekologiya – Sink ayol organizmidagi jinsiy gormonlarni me'yorlashtiradi va oy ko'rishni, tuxum hujayra (follikula) yetishishini normallashtiradi.
Qo'llash miqdori va usuli;
Kichik miqdorda suyuqlik bilan ovqat bilan yoki ovqatdan keyin iste'mol qilinadi.
Kuniga 1kapsuladan 1 marta 14kundan 3-6 oygacha qo'llaniladi.
Qo'llashdan avval shifokorga murojat qiling.
Davolash kursi:
2 - haftadan 3 - 6 oygacha. Takroriy kurslar, shifokorning tavsiyasi bo'yicha.
Nojo'ya ta'siri:
Nojo'ya ta'sir yuzaga kelsa, preparatni iste'mol qilishni to'xtating va shifokorga murojaat qiling.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar:
— Preparatning tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik.
— o'tkir buyrak etishmovchiligi
— buyrakning jiddiy shikastlanishi
Homiladorlik va laktatsiya davrida foydalanish
Homiladorlik paytida va emizishda preparatni qo'llash ta'qiqlangan holatlar yo'q.Shifokorga murojaat qilish tavsiya etiladi.
Maxsus ko'rsatmalar:
Preparat murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Issiqdan yoki muzlashdan saqlang.
Dozani oshirib yuborish:
Dozani oshirib yuborish haqida xabarlar yo'q.
Boshqa dorilar bilan o'zaro ta'siri:
Boshqa dorilar bilan klinik jihatdan ahamiyatli ta'sirlari ta'riflanmagan.
Saqlash shartlari:
Preparat qorong'u, quruq va bolalar olmaydigan joyda 5 ° dan 25 ° C gacha bo'lgan haroratda saqlanishi kerak va foydalanish muddati tugagandan so'ng qo'llanilmaydi.
Dorixonalarni berilish tartibi:
Shifokor retseptisiz beriladi.
Saqlash muddati:
Saqlash muddati 2 yil.
Eksklyuziv distribyutor:
“AMA-DIA PHARM” MChJ. O‘zbekiston Respublikasi
Toshkent shahar, Yashnaobod tuman, Guzal MFY, Sokin Ko‘cha 9
Elektron pochta: Info@ama-dia.uz www.ama-dia.uz
Капсулы: Сакура цинк