Ko'rsatma
LANTANA — quyidagilarni oldini olish va davolashda qo'llaniladi:
— Xayz oldi sindromi (asabiylashish, yig'lamsirash, agressiya, uyqu buzilishi,bosh og'rig'i, qorin shishi, ko'ngil aynishi, qayt qilish, diareya, sut bezi og'riqlarida)
— Fibroz - kistoz mastopatiya;
— Xayz sikli buzilishi;
— Bepushtlik(lyuten faza etishmovchiligi bilan);
PREPARATNI QO'LLASH BO'YICHA YO'RIQNOMA
Preparatning savdo nomi: Lantana
Chiqarish shakli: 500 mg kapsula
1 blisterda 10-20 kapsuladan
1 karton qadog'da N:3-6 blister
Tarkibi:
- Vitex agnus castus ..................................... 80 mg
- Iris versicolor .............................................. 80 mg
- Origanum vulgare ...................................... 27 mg
- Colendula Officinalis .................................. 54 mg
- Glycyrrhiza glabra ...................................... 26 mg
Yordamchi moddalar:
Maltodekstrin, magniy stearat, kraxmal
Farmokologik ta'sir:
Vitex agnus castus(прутняк обыкновенний)- ayol tanasida zaif gormonal muvozanatning stabilizatori. Bu o't tarkibida gormon va gormonga o'xshash moddalar saqlamaydi, balki ayol organizmidagi endogen gormonlari ishlab chiqarilishini rag'batlantiradi.Gipofiz stimulyatsiyasi orqali LG ishlab chiqarilishi ortadi, natijada esterogen va progesteron muvozanati normallashadi, prolaktin ishlab chiqarilishini pasaytiradi.
Iris versicolor (ирис разносветний)-jigar xujayralarini tiklaydi, yallig'lanishga qarshi, intoksikatsiyaga qarshi, siydik xaydalishini yaxshilovchi, shishga qarshi ta'sir ko'rsatadi
Origanum vulgare (душица обыкновенная)-algo-dismenoriyada xayz siklini tiklashga yordam beradi, og'riqli xayz siklida og'riqni yo'qotadi, klimaks simptomlari: qizib ketish, ruxiy tushkunlik, ta'sirchanlik xolatlarini yengillashtiradi. Xayz oldi sindromida bosh og'rig'i, sut bezidagi shish va og'riqlarni yo'qotadi.
Colendula Officinalis(колендула лекарественная) - bakteriotsid, yallig'lanishga qarshi, gipotenziv, kardiotonik va sedativ ta'sir ko'rsatadi.
Glycyrrhiza glabra (солодки корень)-balg'am ko'chiruvchi, regeneratsiyalovchi, allergiyaga qarshi, spazmolotik, viruslarga qarshi ta'sir ko'rsatadi.
Ko'rsatma:
LANTANA — quyidagilarni oldini olish va davolashda qo'llaniladi:
— Xayz oldi sindromi (asabiylashish, yig'lamsirash, agressiya, uyqu buzilishi,bosh og'rig'i, qorin shishi, ko'ngil aynishi, qayt qilish, diareya, sut bezi og'riqlarida)
— Fibroz - kistoz mastopatiya;
— Xayz sikli buzilishi;
— Bepushtlik(lyuten faza etishmovchiligi bilan);
Qarshi ko'rsatma:
— Xomiladorlik,
— Laktatsiya
— 12yoshgacha bolalar;
— Preparat tarkibiy qismiga yuqori sezuvchanlik;
Qo'llanilishi:
1-2kapsuladan 2 mahal ovqatdan oldin suyuqlik bilan ichiladi.
Davolash davomiyligi 3 - 6 oy.
Maxsus ko'rsatmalar:
Tavsiya etilgan sutkalik dozadan oshmang.
Ko'rsatilgan yaroqlilik muddati o'tganidan keyin foydalanmang.
Ishlatishdan oldin mutaxassis bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.
Saqlash shartlari:
25C dan yuqori bo'lmagan haroratda. Bolalar qo'li etmaydigan joyda saqlang.
Yaroqlilik muddati:
chiqarilgan kundan boshlab 2 yil.
Eksklyuziv distribyutor:
“AMA-DIA PHARM” MChJ. O‘zbekiston Respublikasi
Toshkent shahar, Yashnaobod tuman, Guzal MFY, Sokin Ko‘cha 9
Elektron pochta: Info@ama-dia.uz www.ama-dia.uz