Malva

Malva — quyidagilarni oldini olishda profilaktika va davolash maqsadida qo'llaniladi:

— Diqqat va/yoki xotiraning buzilishlari, intellektual qobiliyatni pasayishi, qo'rquv hissi, uyquni buzilish bilan namoyon bo'luvchi turli genezli dissirkulyator ensefalopatiya; insultning, bosh miya jarohatlarining oqibatlari, involyutiv buzilishlarda qo'llanadi.

— Periferik qon aylanishi va mikrosirkulyasiyasini buzilishi, shu jumladan oyoqlarning arteriopatiyasi, Reyno sindromida qo'llanadi.

— Neyrosensor buzilishlarda (aqlni zaiflashishi, quloqlarni shang'illashi, gipoakuziya, sariq dog'ning involyutiv degenerasiyasi, diabetik retinopatiya) qo'llanadi

— Psixoemosional zo'riqish, tajavuzkorlik, janjalkashlikni kamaytiradi, ijtimoiy – moslashuvchanlikni oshiradi, kayfiyatni yaxshilaydi,uyquga ketishni yengillashtiradi va uyquni me'yorlashtiradi,aqliy mehnat qobiliyatini oshiradi, vegeto-tomir buzilishlarini (shu jumladan klimakterik davrida) kamaytiradi, alkogolni va markaziy nerv tizimi faoliyatini susaytiruvchi boshqa dori vositalarining zaxarli ta'sirini kamaytiradi.

68.000
UZS

PREPARATNI QO'LLASH BO'YICHA YO'RIQNOMASI


Preparatning savdo nomi: Malva

Chiqarish shakli: 500 mg kapsula.

1 blisterda 10 - 20 kapsuladan

N:3-6 blister 1 karton qobig'da


Tarkibi:

Ginko biloba ekstrakti - 100 mg;

Magniy laktat - 50 mg;

Glitsin gidroxlorid - 50 mg;


Farmokologik ta'sir:

Ginko biloba ekstrakti - hujayralarda moddalar almashinuvi jarayonlariga, qonning reologik xususiyatlariga va mikrosirkulyasiyaga, qon tomirlarining vazomotor reaksiyalariga ta'sir qiladi. Bosh miya va periferik qon tomirlar qon aylanshini va bosh miyaning kislorod va glyukoza bilan ta'minlanishini yaxshilaydi. Metabolik jarayonlarni normalashtiradi, to'qimalarga antigipoksik ta'sir ko'rsatadi. Mayda arteriyalarni kengaytiradi,vena qon tomirlar devorining elastikligini oshiradi, trombositlarning agregatsiyasiga to'sqinlik(ingibitsiya) qiladi, shishga qarshi va antioksidant ta'sirlarga ega. .

Magniy laktat - tananing barcha to'qimalarida mavjud bo'lgan va hujayralarning normal ishlashi uchun zarur bo'lgan muhim element; ko'pgina metabolik reaktsiyalarda ishtirok etadi, energiya ishlab chiqarish va iste'mol qilishga hissa qo'shadi. Magniy mushaklarda xususan miokardda ion muvozanatini saqlashda muhim fiziologik rol o'ynaydi. Yuqori ta'sirchanlik, uyquni biroz buzilishi, me'da-ichak spazmlari, yurakni tez urishi, kuchli toliqish, mushaklarda og'riq va spazmlar, mushaklarda sanchilish hissi kabi simptomlar bilan kechuvchi izolyatsiya qilingan yoki boshqa tanqislik holatlari bilan bog'liq bo'lgan, aniqlangan magniy tanqisligida qo'llanadi.

Glitsin gidroxlorid - modda almashinuvini boshqaruvchi vositadir, markaziy nerv tizimida himoyaviy tormozlanish jarayonlarini normallashtiradi va faollashtiradi, psixoemosional zo'riqishni kamaytiradi, aqliy mehnat qobiliyatini oshiradi.

Glitsin glitsin - va GAMK-ergik, alfa-1-adenobloklovchi, antioksidant, antitoksik ta'sirlarga ega; glutamat (NMDA) reseptorlari faoliyatini boshqaradi:


Ko'rsatma:

Malva quyidagilarni oldini olishda profilaktika va davolash maqsadida qo'llaniladi:

— Diqqat va/yoki xotiraning buzilishlari, intellektual qobiliyatni pasayishi, qo'rquv hissi, uyquni buzilish bilan namoyon bo'luvchi turli genezli dissirkulyator ensefalopatiya; insultning, bosh miya jarohatlarining oqibatlari, involyutiv buzilishlarda qo'llanadi.

— Periferik qon aylanishi va mikrosirkulyasiyasini buzilishi, shu jumladan oyoqlarning arteriopatiyasi, Reyno sindromida qo'llanadi.

— Neyrosensor buzilishlarda (aqlni zaiflashishi, quloqlarni shang'illashi, gipoakuziya, sariq dog'ning involyutiv degenerasiyasi, diabetik retinopatiya) qo'llanadi

— Psixoemosional zo'riqish, tajavuzkorlik, janjalkashlikni kamaytiradi, ijtimoiy – moslashuvchanlikni oshiradi, kayfiyatni yaxshilaydi,uyquga ketishni yengillashtiradi va uyquni me'yorlashtiradi,aqliy mehnat qobiliyatini oshiradi, vegeto-tomir buzilishlarini (shu jumladan klimakterik davrida) kamaytiradi, alkogolni va markaziy nerv tizimi faoliyatini susaytiruvchi boshqa dori vositalarining zaxarli ta'sirini kamaytiradi.


Qo'llash usuli va dozasi:

12 yoshdan katta bolalar va kattalarga 1 kapsuladan 1 - 2 mahal ovqat vaqtida yoki ovqatdan keyin qabul qilish tavsiya etiladi .

Davolash kursi 3 - 6oy.


Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar:

— Preparatning tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik.

— Yurak qon tomir,ovqat xazm qilish va nerv sistemasi a'zolari o'tkir kasalliklarida

— Qon ivishi pastligi;


Nojo'ya ta'sirlar:

Ovqat xazm qilish yo'llarining faoliyatini buzilishlari. Bosh og'rig'i, allergik reaksiyalar.

Malva tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanligi bo'lgan bemorlarda allergik reaktsiyalar paydo bo'lishi mumkin.

Bunday holda siz darhol preparatni qabul qilishni to'xtatib, shifokor bilan maslahatlashingiz kerak.


Dorilarning o'zaro ta'siri:

Boshqa dori vositalarini, shu jumladan shifokor reseptisiz beriladigan dori vositalari bilan bir vaqtda qabul qilinganda, shifokorga murojaat etish lozim.


Ehtiyot choralari:

Homilador ayollar va emizikli ayollar uchun ehtiyoj individual ravishda belgilanadi.

Foydalanishdan oldin shifokor bilan maslahatlashish kerak!


Saqlash shartlari:

Malva preparatini quruq, yorug'likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlang.

Bolalar qo'li yetmaydigan joyda saqlang


Yaroqlilik muddati:

Сhiqarilgan kundan boshlab 2 yil.


Eksklyuziv distribyutor:

“AMA-DIA PHARM” MChJ. O‘zbekiston Respublikasi

Toshkent shahar, Yashnaobod tuman, Guzal MFY, Sokin Ko‘cha 9

Elektron pochta: Info@ama-dia.uz www.ama-dia.uz