Melison


Melison quyidagilarni oldini olishda profilaktika va davolash maqsadida qo'llaniladi:

● uyqu buzulishi,yig'loqilik, qo'zg'oluvchanlik;

● yuqori asabiylashish:

● ichak koliklarida;

● xavotirlilik, kichik depressiya;

70.000
UZS
80.000
UZS

PREPARATNI QO'LLASH BO'YICHA YO'RIQNOMASI


Preparatning savdo nomi: Melison

Chiqarish shakli: Og'iz orqali yuborish uchun sirop 100,125,150 ml;

10 ml uchun tarkibi:

- Limon balzam barglarining quruq ekstrakti..............10mg

- limon gulining quruq ekstrakti..................................10mg

- Extirosgil quruq ekstrakti..........................................10mg

- Moychechak quruq ekstrakti ...................................14mg


Yordamchi moddalar:

Tozalangan suv 10mlgacha,limon kislotasi,natriy benzoat,kaliy sorbat,aromatizator.


Farmokologik ta'sir:

Limon balzam barglarining quruq ekstrakti - anksiolitik, antidepressant,spazmolitik, mikroblarga qarshi, yallig'lanishga qarshi, antigistamin, antioksidant xususiyatga ega. Limon balzam preparatlarining terapevtik ta'siri biologik faol moddalarning,xususan Sitrontilol aniq sedativ effekt bersa,geraniol spazmolitik, fenilpropanoidlar(rozmarin,kofein) viruslarga qarshi, yallig'lanishga qarshi, antigistamin, antioksidant xususiyat beradi.

Limon gulining quruq ekstrakti -neyroprotektiv, antidepressiv, gipotenziv,anksiolitik, o'smaga qarshi, siydik xaydovchi, antibakterial, antioksidant ta'sirga ega.

Extirosgil quruq ekstrakti – tarkibida garmin,aribin alkoloidlari,viteksin,orientin alkoloidlari sedativ, immunomodulyator, mikroblarga qarshi, yallig'lanishga qarshi, antigistamin, antioksidant , antidepressant, qolaversa viruslarga qarsgi xususan gripp,gerpes va suvchechak viruslariga qarshi effekt ko'rsatadi.


Moychechak quruq ekstrakti - tarkibida ko'plab efir moylari, flavonoidlar bo'lib, yallig'lanishga qarshi, allargiyaga qarshi, antioksidant, tinchlantiruvchi,tutqanoqqa qarshi ta'sir ko'rsatadi.


Ko'rsatma:

Melison quyidagilarni oldini olishda profilaktika va davolash maqsadida qo'llaniladi:

● uyqu buzulishi,yig'loqilik, qo'zg'oluvchanlik;

● yuqori asabiylashish:

● ichak koliklarida;

● xavotirlilik, kichik depressiya;


Qo'llanilishi va dozasi:

Melison siropini oziqlantirishdan so'ng berish tavsiya etiladi. Mahsulot berilishdan avval flakon yaxshilab chayqatiladi


Yoshi 0-1 yoshgacha 2ml 1-3 marta 2-6ml

Yoshi 1-3 yoshgacha 3ml 1-2 marta 3-6ml

Yoshi 3-6 yoshgacha 3ml 2-3 marta 6-9ml

Yoshi 6-12 yoshgacha 3ml 3-4 marta 9-12ml


Qarshi ko'rsatmalar:

Mahsulotning tarkibiy qismlariga yuqori sezuchzanlik


Maxsus ko'rsatmalar:

Sutkalik dozani oshirmang.

Muzlatmang.

Biologik faol oziq-ovqat qo'shimchasi

Foydalanishdan oldin siz pediatr bilan maslahatlashingiz kerak.


Yaroqlilik muddati:

Chiqarilgan kundan boshlab 2 yil.


Eksklyuziv distribyutor:

“AMA-DIA PHARM” MChJ. O‘zbekiston Respublikasi

Toshkent shahar, Yashnaobod tuman, Guzal MFY, Sokin Ko‘cha 9

Elektron pochta: Info@ama-dia.uz www.ama-dia.uz